Texnik xizmat va nazorat
Suv va elektr tokini o’chirish
• Har safar kir yuvib bo’lgandan keyin vodoprovod
jo'mragini burab berkiting. Shunday qilsangiz
mashinaning vodoprovod tizimini tez ishdan chiqishini,
hamda suvning oqib chiqib ketishini oldini olgan bo’lasiz.
• Kir yuvish mashinasiga texnik xizmati ko'rsatish va uni
tozalash jarayonida shtepsel vilkasini elektr rozetkasidan
olib qo’ying.
Kir yuvish mashinasini tozalash
• Kir yuvish mashinasining sirtqi va rezina qismlarini
tozalash uchun iliq sovunli suvda xo’llangan matodan
foydalaning. Eritma yoki boshqa abraziv tozalash
vositalaridan foydalanmang.
• Kir yuvish mashinasida ichki qismlarni “Auto clean”
(“O’zini-o’zi tozalash”) dasturi mavjud, uni kir solingan
bo’sh baraban bilan amalga oshiriladi.
Ushdu dasturga qo’shimcha sifatida kir yuvish vositasi (juda
kirlangan narsalar uchun belgilangan miqdordan 10% hajmida)
yoki maxsus qo’shimchalarni mashinani tozalash uchun ishlatsa
bo’ladi. Mashinani tozalash dasturini kir yuvishning har 40 siklida
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Mazkur dasturni ishga tushirish uchun 5 soniyaga A va B
tugmalarini birga bosing (Chizmaga qarang).
Dastur avtomatik ravishda ishga tushadi va taxminan 70
daqiqa davom etadi. Siklni to’xtatish uchun START/PAUSE
tugmasini bosing.
Kir yuvish vositalari taqsimlovchisini tozalash
Taqsimlovchini tepaga ko'tarib
turib tashqariga tortib chiqaring
(chizmaga qarang). Uni iliq
suvda chaying. Bu ishni
muntazam qilib turing.
Nasosni tozalash
Kir yuvish mashinasiga o'z-o'zini tozalaydigan nasos
o'rnatilgan, unga texnik ko'rsatish ehtiyoji yo’q.
Ammo bunga qaramasdan mayda narsalar (tanga,
tugmalar) nasosning tag qismida joylashgan himoyalovchi
kojux ortiga tushib qolishi mumkin.
! Kir yuvish sikli tugaganligini tekshiring va shtepsel vilkasini
tarmoq rozetkasidan oling.
Kojuxni tozalash:
1. otvertka yordamida kir
yuvish mashinasining old
tarafidagi panelni yeching
(chizmaga qarang);
2. qopqoqni teskari tarafga
burab oching (chizmaga
qarang); bir oz suvning oqishi
odatiy xol;
3. kojux ichini yaxshilab tozalang;
4. qopqoqni joyiga burab yoping;
5. old panelini joyiga qo'ying, mahkamlashdan oldin uning
ilgaklari to’g’ri teshiklarga kirganini tekshiring.
Vodoprovod shlangasini nazorat qilish
Suv quyish shlangasini bir yilda 1 marta tekshirib turing.
Darz ketganliglni yoki yorilganligini ko'rsangiz yangisiga
almashtiring: Kir yuvish jarayonida vodoprovoddagi suvning
kuchli bosimi shlangani birdan ajralib ketishiga sabab
bo’lishi mumkin.
! Hech qachon ishlatilgan shlangalardan foydalanmang.
Lyuk va barabanni tozalash
• Mashinadan foydalanib bo’lganingizdan so'ng lyukni doimo
qiya ochiq xolda qoldiring, bu baraban ichida badbo’y
hidlarning paydo bo’lishini oldini oladi.
Comments to this Manuals