Indesit IWSB 5105 (UZ) Instruction for Use Page 44

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 48
  • Table of contents
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 43
Kir yuvish vositalari va
yuviladigan narsa turlari
Kir yuvish vositalari taqsimlagichi
Kir yuvishda yaxshi samaraga erishish kir yuvish
vositasining me'yorini to'g'ri solinishiga ham bog'liq: kir
yuvish vositasining me'yoridan ko'pligi yaxshi samara
bermaydi, aksincha kir yuvish mashinasi ichida qoplam hosil
bo'lishiga va atrof muxitni ifloslantirishiga olib keladi.
! Kir yuvish vositalarini qo'lda kir yuvish uchun ishlatmang,
chunki ular ko'p ko'piradilar.
Taqsimlagichni chiqarib olib
unga kir yuvish vositasini yoki
qo’shimcha moddani quyidagi
tartibda joylashtiring.
1 Bo’lim: kir yuvish vositasi
(kukuni) boshlang’ich kir
yuvish uchun
Kir yuvish kukunini solishdan
avval oqartirish uchun
mo'ljallangan 4-bo'limning o'rnatilmaganligiga ishonch hosil
qiling.
2 Bo'lim: kir yuvish vositasi (kukun yoki suyuq xolda)
Kir yuvish uchun suyuq kir yuvish vositasini odatda kir
yuvish mashinasini ishga tushirmasdan oldin solinadi.
3 Bo’lim: Qo’shimchalar (matoni yumshatuvchi, unga
hushbo’y hid beruvchi vositalar va boshqalar)
3-bo'lim panjarasidan oshadigan darajada chayish vositasini
to’ldirmang.
Qo’shimcha 4 bo’lim: Oqartiruvchi va nozik oqartiruvchi
vosita
! Qo'lda kir yuvish uchun mo’ljallangan kir yuvish vositalarini
ishlatmang, chunki ular ko'p ko'piradilar. Natijada kir
yuvishda yaxshi samaraga erishilmaydi va kir yuvish
mashinasini ishdan chiqarishi mumkin.
Oqartirish
! Oddiy oqartirish vositasi chidamli oq matolarni yuvishda
ishlatiliadi; nozik oqartirish vositasini rangli, sintetik va jun
gazlamalar uchun ishlatish mumkin.
Oqartiruvchi vosita uchun
Lotok 4 kir yuvish vositalari
taqsimlagichining 1-bo’limiga
o’rnatiladi. Lotok 4 ni max
belgisidan oshig’i bilan
to’ldirmang (rasmga qarang).
Faqatgina oqartirishni amalga
oshirish uchun oqartiruvchi
vositani qo’shimcha 4
bo’limiga quying, “Chayish”
dasturini tanlab
Oqartirish” funksiyasiniishga tushiring.
Kir yuvish jarayonida oqartirishni amalga oshirish uchun kir
yuvish kukunini va matoni yumshatuvchi vositani qo’shing,
kerakli dasturni tanlang, hamda “Oqartirish”
funksiyasini ishga tushiring. Qo’shimcha 4 bo’limdan
foydalanish boshlang’ich kir yuvishdan foydalanishga chek
qo’yadi.
Yuviladigan kirlarni tayyorlash
Yuviladigan kirni quyidagi hususiyatlarga qarab ajrating:
- mato turi / yorliqdagi belgilar.
- rang: yuviladigan rangli matolarni oq rangli matodan
ajrating.
Cho’ntaklardan barcha narsalarni olib qo'yng va
tugmalarning mustahkam turganligini tekshiring.
Quruq xoldagi kirga mo’ljallangan barabanning to'ldirish
maksimal me’yorini oshirmang:
Chidamli matolar: maks. 5 kg
Sintetik matolar: maks. 2,5 kg
Nozik matolar: maks. 2 kg
Jun gazlama: maks. 1 кг
Shoyi: maks. 1 kg
Yuviladigan kirning og’irligi qancha?
1 ta choyshab 400-500 gr.
1 ta yostiq jildi 150-200 gr.
1 ta dasturxon 400-500 gr.
1 ta xalat 900-1200 gr.
1 ta sochiq 150-250 gr.
Ehtiyotkorlik bilan yuviladigan mahsulotlar
Jun gazlama: kir yuvish mashinasining 7 dasturi
yordamida istagan jun gazlamali mahsulotni yuvish
mumkin, jumladan “faqat qo’lda yuvish uchun”
yorliqli mahsulotlarni ham yuvish mumkin. Natijalar yuqori
bo’lishi uchun maxsus kir yuvish vositalaridan foydalaning
va yuviladigan kirlarning me’yorini 1 kg dan oshirmang.
Shoyi: barcha turdagi shoyili matolarni yuvish uchun
maxsus 8 dasturdan foydalaning. Nozik matolarni yuvish
uchun maxsus kir yuvish vositasidan foydalanish tavsiya
etiladi.
Pardalar: ularni buklab yostiq jildiga yoki to’rli qopchaga
solish tavsiya etiladi. Dastur 8 dan foydalaning.
Jinsi: Kir yuvishdan avval jinsini teskarisini ag’darib soling
va suyuq kir yuvish vositasidan foydalaning. Dastur 9 dan
foydalaning.
Yuviladigan kirlarni me’yorlash tizimi
Har bir siqishdan avval, ortiqcha tebranishlarni oldini olish
va barabanda kirlarni bir me’yorda taqsimlanishi uchun
mashina kir yuvish tezligidan ortiq tezlikda aylanishlarni
amalga oshiradi. Agar bir necha urinishlardan so’ng
barabandagi kirlar bir me’yorga kelmasa, mashina
rejalashtirilgan tezlikdan pastroq tezlikda siqishni amalga
oshiradi.
44
Page view 43
1 2 ... 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48

Comments to this Manuals

No comments